Yangi O‘zbekistonda barqaror rivojlanish, tinchlik va Islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi” mavzusida maxsus kurs darslari o‘tkazildi
Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari” fakultetida “Yangi O‘zbekistonda barqaror rivojlanish, tinchlik va Islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi” mavzusida maxsus kurs darslari o‘tkazildi.
Mazkur mashg‘ulotlar “Ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD Avlakulov Aktam Mavlonqulovich mas’ulligida olib borildi.
Darslar davomida Prezident Sh.M.Mirziyoyev nutqlarida ilgari surilgan asosiy g‘oya va tashabbuslar tahlil qilinib, talabalarning xalqaro munosabatlarga oid bilim va malakalarini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Maxsus kurs doirasida “Global minbarda O‘zbekiston”, “Yangi O‘zbekistonda islohotlar”, “Ijtimoiy barqarorlik va inson qadri”, “Markaziy Osiyo – hamjihatlik makoni”, “Yangi O‘zbekistonning global sheriklik strategiyasi” mavzularida jami 10 soatlik ma’ruza mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar talabalarda zamonaviy siyosiy tafakkur, vatanparvarlik, bag‘rikenglik hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhini shakllantirishga xizmat qildi.