Ijtimoiy tarmoqlar

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

 Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

2025 yil 12–13 dekabr kunlari Nukus davlat texnika universitetida “III Kimyo va tog‘-kon sanoatining dolzarb muammolarining innovatsion yechimlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjumanda soha mutaxassislari, yetuk olimlar hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etib, kimyo va tog‘-kon sanoatiga oid ilmiy ishlari va tadqiqot natijalarini taqdim etdilar.

Yalpi sessiya davomida kimyo sanoati va tog‘-kon sohasida mavjud dolzarb muammolar, ularning innovatsion yechimlari, resurslardan samarali foydalanish, ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. 

Shuningdek, texnologik jarayonlarning barqarorligi va ilg‘or tajribalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha muhim ilmiy qarashlar ilgari surildi.

Konferensiya yalpi majlisida Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti” kafedrasi professori Fazlidin Xudoyberdiyev ham o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etib, tadqiqot natijalari bilan o‘rtoqlashdi.

Ushbu konferensiya fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim ilmiy maydon bo‘ldi.