Ijtimoiy tarmoqlar

Xalqaro qishki maktab tinglovchilari TKTI soha mutaxassislari faoliyati bilan tanishdilar

 Xalqaro qishki maktab tinglovchilari TKTI soha mutaxassislari faoliyati bilan tanishdilar

2025-yil 13-dekabr kuni “Toshkent: madaniyatlar uyg‘unligi, ma’rifat va ta’lim” mavzusida tashkil etilgan “Xalqaro qishki maktab” dasturi doirasida tinglovchilar Toshkent kimyo-texnologiya institutida bo‘lib, institut olimlari va soha mutaxassislari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Dasturga muvofiq, mehmonlar oziq-ovqat va vino texnologiyalari fakulteti dekani A.Normatov bilan uchrashib, fakultet kafedralari hamda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar haqida batafsil ma’lumot oldilar. Tinglovchilarda ayniqsa “dorivor o‘simliklar” yo‘nalishiga katta qiziqish uyg‘otdi.

Biologiya fanlari nomzodi, dotsent A.A.Boronbaeva boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilar tomonidan dorivor o‘simliklarni kimyoviy tahlil qilish va ularni qayta ishlash bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy ishlar taqdim etildi. Shuningdek, TKTI “biotexnologiya” kafedrasi professori N.A.Xo‘jamshukurov bilan mazkur yo‘nalish bo‘yicha ilmiy suhbat o‘tkazilib, laboratoriya faoliyati bilan tanishildi.

Uchrashuv yakunida “xalqaro qishki maktab” ishtirokchilari fakultet dekani A.Normatov hamda professor N.A.Xo‘jamshukurov bilan hamkorlikda ilmiy loyihalar ishlab chiqish va ilmiy tadqiqotlar olib borish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Kafedra yosh olimlari tomonidan O’shDU magistrantlari uchun ilmiy laboratoriyaga tanishtiruv mashg‘uloti tashkil etildi.

Shuningdek, “xalqaro qishki maktab” ishtirokchilarining ingliz tili bo‘yicha mutaxassislari TKTI “Tillar” kafedrasiga tashrif buyurib, fan dasturlari hamda chet tillarini o‘qitishda qo‘llanilayotgan samarali ta’lim texnologiyalari yuzasidan fikr almashdilar. 

Kafedra katta o‘qituvchisi M.Jumaniyozova “ESP in technical universities” mavzusida taqdimot o‘tkazdi. Dotsent R.U.Torejanova esa “Qoraqalpoq madaniyatining O‘zbekiston ko‘p millatli madaniyatidagi o‘rni” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirokchilarni milliy madaniyat bilan tanishtirdi.

O‘z navbatida, “mehmon ma’ruzachi” sifatida O’sh davlat universiteti filologiya yo‘nalishi o‘qituvchilari tomonidan bir qator ilmiy-ma’rifiy ma’ruzalar tinglandi.

Kunning ikkinchi yarmida “xalqaro qishki maktab” ishtirokchilari Toshkent shahrining diqqatga sazovor maskanlariga tashrif buyurdilar.