Toshkent kimyo-texnologiya institutida Yangi yil arafasida bayramona muhit yaratildi. Institutning barcha fakultetlarida hamda talabalar turar joylarida Yangi yil archalari o‘rnatilib, hududlar maxsus bezaklar bilan chiroyli tarzda bezatildi.
Bayramona dekoratsiyalar, yorug‘liklar va ijodiy bezaklar institutda iliq kayfiyatni yanada kuchaytirdi. Shuningdek, turli joylarda fotozonalar tashkil etilib, talabalar va jamoa a’zolari uchun yorqin va quvonchli lahzalar yaratildi.
Yangi yil shukuhi institut hayotiga ko‘tarinki ruh, ijobiy kayfiyat va bayramona muhit olib kirdi.