Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Inklyuziv ta’lim va mediasavodxonlik" mavzusida seminar-trening bo'lib o'tdi.
2026-yil 14-yanvar kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Inklyuziv media klubi" tashabbusi bilan "Inklyuziv ta’lim va mediasavodxonlik" mavzusida seminar-trening bo'lib o'tdi
Seminarda institut rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Xotin-qizlar kengashi raisi, pedagogika fanlari nomzodi G.Sh.Aripova, rektorining Axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — Matbuot kotibi E.M.Abdulboqiyev, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent kimyo-texnologiya instituti boshlang'ich tashkiloti yetakchisi, rektorning yoshlar masalalari bo'yicha maslahatchisi M.I.Bo'riyev, Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari B.Sh.Poyanov, tyutorlar va inklyuziv media klub a'zolari ishtirok etishdi.
Institut rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi G.Sh. Aripova inklyuziv ta’limning jamiyatdagi o‘rni, xotin-qizlar va imkoniyati cheklangan yoshlar uchun teng sharoit yaratish, ularning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash masalalari haqida fikr bildirdi.
Rektorning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — Matbuot kotibi E.M. Abdulboqiyev mediasavodxonlik, axborot makonida mas’uliyatli yondashuv, soxta xabarlar va noto‘g‘ri ma’lumotlardan himoyalanish ko‘nikmalarini shakllantirish zarurligini ta’kidladi.
Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.Sh. Poyanov esa talabalarning ta’lim jarayonidagi faolligi, Mediasavodxonlik, tyutorlar bilan hamkorlik, inklyuziv muhitda ishlashda amaliy yondashuv va tajribaning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi TKTI boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi, rektorning yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi M.I. Bo‘riyev yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, inklyuziv media klublar orqali talabalarni ijtimoiy hayotga faol jalb etish hamda yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratdi.
Seminar-trening yakunida tyutorlar va inklyuziv media klubi a’zolari mavzu yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirib, kelgusida amalga oshiriladigan tashabbuslar bo‘yicha fikr almashdilar.