Toshkent kimyo-texnologiya institutida kafedralar faoliyati tahlil qilindi
Joriy yilning 17-18-dekabr kunlari Toshkent kimyo-texnologiya institutida Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultetining Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi, Funksiyonal maxsulotlar texnologiyasi, Enologiya va bijg‘ish mahsulotlari texnologiyasi va Biotexnologiya kafedralari faoliyatini har tomonlama baholash va yanada takomillashtirish maqsadida hisobot-taqdimoti qilindi hamda savolnoma asosida kompleks o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida quyidagi asosiy yo‘nalishlar qamrab olindi:
kafedralar nizomi, yillik ish rejalari va ularning 2025–2030-yillarga mo‘ljallangan institutni rivojlantirish strategiyasiga muvofiqligi;
ta’lim sifatini oshirish, xalqaro hamkorlik, akademik almashinuv va TOP-300 OTMlar tajribasi asosida fan dasturlarini takomillashtirish;
professor-o‘qituvchilar shtati, o‘quv yuklamalari, shaxsiy ish rejalarining shakllantirilishi va monitoringi;
o‘quv-uslubiy majmualar, sillabuslar va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik holati;
ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat, yoshlarni ilmga jalb etish, grantlar, startaplar, patentlar, xo'jalik shartnomalari hamda tijoratlashtirish ishlari;
nashriy faollik, Scopus va Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalar;
HEMIS tizimini to‘g‘ri yuritish, mustaqil ta’limni raqamlashtirish va baholashda shaffoflik;
dual ta’lim, amaliyotlar, bitiruvchilar monitoringi va ularning ishga joylashuvi;
moddiy-texnik baza, zamonaviy laboratoriyalar bilan ta’minlanganlik;
ustoz-shogirt ananalarining yo'lga qo'yilganligi;
mustaqil ta'lim yo'nalishida amalga oshirilayotgan ishlar;
korrupsion holatlarning oldini olishga qaratilgan choralar.
Ushbu tahlillar kafedralar faoliyatini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, ta’lim va ilm-fan integratsiyasini kuchaytirish hamda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
Institutda olib borilayotgan mazkur ishlar ta’lim sifati, ilmiy salohiyat va amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan.