Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida Yangi yil shukuhi

 Toshkent kimyo-texnologiya institutida Yangi yil shukuhi

Toshkent kimyo-texnologiya institutida Yangi yil arafasida bayramona muhitda fotosessiya bo‘lib o‘tdi. Unda institutimiz rektori Usmonov Botir Shukurillayevich va talabalar birgalikda fotosessiyada ishtirok etib, samimiy va quvonchli lahzalarni muhrlab olishdi.

Bayram kayfiyati hukm surgan uchrashuv davomida rektor tomonidan tashkiliy masalalarda faollik ko’rsatgan talabalarga kitoblar sovg‘a qilinib, ma’naviyat va bilimga bo‘lgan e’tibor yana bir bor namoyon etildi.

Maxsus bezatilgan fotozonada olingan suratlar Yangi yil shukuhini, iliq kayfiyat va yorqin tabassumlarni o‘zida mujassam etdi. Ushbu fotosessiya institut jamoasi va talabalar uchun unutilmas bayram lahzalarini tuhfa etdi.