Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida Yangi yil shukuhi hukm surgan bayramona fotosessiya bo‘lib o‘tdi.

Toshkent kimyo-texnologiya institutida Yangi yil shukuhi hukm surgan bayramona fotosessiya bo‘lib o‘tdi. Maxsus bezatilgan fotozona ishtirokchilarga iliq kayfiyat, yorqin tabassumlar va unutilmas lahzalarni ulashdi.

Bayramona muhitda olingan suratlar Yangi yil arafasidagi quvonch, samimiylik va ijobiy kayfiyatni o‘zida mujassam etdi. Ushbu fotosessiya institut jamoasi uchun bayram kayfiyatini yanada ko‘tarishga xizmat qildi.

Fotozona yil oxiriga qadar xizmatingizda!