Ijtimoiy tarmoqlar

“Saodat” — ayollar ovozi: bir asrlik yo‘l

 “Saodat” — ayollar ovozi: bir asrlik yo‘l

“Saodat” jurnalining 100 yilligiga bag‘ishlangan tantanali anjumanda Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Maxkamova so‘zga chiqib, tadbirni rasman ochib berdi hamda “Saodat” — ayollar ovozi nomli kitobni keng jamoatchilikka taqdim etdi.

Mazkur nashr jurnalning bir asrlik tarixida ayol qalbi, tafakkuri va jamiyatdagi faolligini aks ettirgan eng sara maqola hamda g‘oyalarni jamlagani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

“Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlar faqat ijtimoiy hayot ishtirokchisi emas, balki islohotlarning faol tashabbuskori sifatida maydonga chiqmoqda.

Mazkur anjumanda Toshkent kimyo-texnologiya instituti jamoasi ham faol ishtirok etdi.