Yevropa Ittifoqining ERASMUS-EDU-2022-CBHE dasturi doirasidagi “101083216 — ECAMPUZ Oziq-ovqat fanlari va texnologiyasi bo'yicha O'zbekiston olimlari uchun Yevropa Jahon iqtidorlar lageri” loyihasining 2023 yil 14 aprel kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida bo’lib o’tadigan loyiha ilk uchrashuvi “The kick-off meeting”da ishtirok etishga taklif etamiz.
Uchrashuvdan ko’zlangan maqsad – loyihaning maqsad va vazifalari, uning afzalligi, maqsadli guruhlar, keyingi 3 yil uchun belgilangan dastur (yozgi lager - CAMP va Yevropa OTMlarida amaliyot), Yevropa Ittifoqi mamlakatlari OTM va oziq-ovqat korxonalari o’rtasida qo’llaniladigan amaliyot modelini O’zbekiston oziq-ovqat sanoatida va OTMlarida qo’llashdan kutilgan natijalarni targ’ib etish hisoblanadi.
Loyiha O’zbeksitonda oziq-ovqat sohasida “Barqaror o’sish va ish o’rinlari” bilan bog’liq milliy ustuvorliklarni hal qilish uchun salohiyatni oshirish, barqaror vositalarni ishlab chiqish va joriy etishga qaratilgan.
Iltimos, havola orqali tadbirda qatnashish uchun oldindan ro'yxatdan o'ting https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScDyLCA0SWwpU5MwMXVKrwU43lKo9DlIdeFp5QZS_H27MY25w/viewform
Uchrashuv sanasi: 2023-yil 14-aprel
Uchrashuv vaqti: 10:00 – 16:00 (Toshkent vaqti bilan)
Yig‘ilish joyi: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent shahar, Olmazor tumani,
Universitet ko‘chasi, 7-uy.